Pop-qo‘shiqchi Prinsning o‘limiga uning opiatlarni dozasidan ortiq qabul qilganligi sabab bo‘lgan. Bu haqda The Associated Press agentligiga 2-iyun, payshanba kuni huquqni muhofaza qilish organlari vakili ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda “Interfaks”.
Uning so‘zlariga qaraganda, o‘tkazilgan tahlil natijalari artistning o‘limida aynan opiatlar hal qiluvchi rol o‘ynaganini ko‘rsatgan.
Manba, shuningdek, agentlikka Prins o‘limidan so‘ng tergovchilar darhol bu avvalroq uning shifokori tomonidan yozib berilgan dorilar tufayli yuz beganligini aniqlashga kirishganligini ma’lum qildi.
Avvalroq Amerika OAVlari vafot etgan qo‘shiqchi Prinsning organizmida kuchli og‘riqsizlantiruvchi “Perkotset” dori vositasini aniqlaganligi ma’lum qilingan edi. Ushbu dori vositasi AQShda ruxsat berilgan giyohvandlik moddasi bo‘lib, kuchli og‘riqlarda faqat shifokor retseptiga ko‘ra tayinlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Gollivudda taniqli bo‘lgan shifokor Dryu Pinski 21-aprel kuni 57 yoshida olamdan o‘tgan amerikalik xonanda Prinsning o‘limiga qabul qilingan dorilarning noo‘rin birikuvi va buning oqibatida “dozalarning tasodifan oshib ketishi” sabab bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)