Moskva shahrida istiqomat qiluvchi ayol 60 yoshida ilk bora farzand ko‘rdi. Bu haqda, “Moskva” yangiliklar agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Voqea 24-may kuni sodir bo‘ldi. Ayolning ko‘zi homiladorlikning 34-haftasida yoridi. U o‘g‘il farzandli bo‘ldi.
Bolaning vazni 2,32 kilogrammni tashkil etdi. Tug‘ilganidan so‘ng bir necha soat davomida go‘dak diffuzion kislorodda bo‘ldi, ammo birinchi sutkadayoq onasi bilan bir palataga ko‘chirildi.
Ona bolasini ko‘kragidan oziqlantirmoqda.
Izoh (0)