O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ATB Hamkorbank’dan chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazishga joriy etilgan taqiqlarni olib tashladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shu yilning fevral oyida Hamkorbank’ning yuridik shaxslar bilan chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotlari to‘xtatib qo‘yilgan edi. Markaziy bank valyutani tartibga solishga doir qonunchilik talablarini buzganligi sababli ATB Hamkorbank’ning yuridik shaxslar bilan chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotlarini 6 oy muddatga to‘xtatgan edi. Bugun, 3-iyun kuni cheklovlar bekor qilindi.
Izoh (0)