Shveysariyalik tergovchilar FIFAning Syurixdagi shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Tergovchilar hujjatlar, shuningdek, kompyuterlarda saqlanayotgan ma’lumotlarni o‘zi bilan olib ketdi.
Shveysariyaning “Maten” nashrida yozilishicha, operatsiya FIFAning bir qator xodimlariga qarshi boshlangan tergov harakatlari bilan bog‘liqdir.
Shveysariya bosh prokuraturasi, o‘z navbatida, tintuv 2-iyun kuni o‘tkazilganini ma’lum qildi.
“Operatsiyadan ko‘zlangan maqsad — bor axborotning isbotini hamda yangi ma’lumotlarni olish”, — deyiladi prokuratura bayonotida.
Izoh (0)