Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi Inha universitetida 4-iyun, shanba kuni yashil loyihalar taqdimoti va muhokamasiga bag‘ishlangan Green Business Platform’ning uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tadbirning rasmiy saytida axborot berilgan.

Logo: Green Business Platform

Logo: Green Business Platform

Uchrashuvda O‘zbekistonning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan tadbirkor va ishbilarmonlar, ekologik toza texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish, tatbiq etish va ulardan foydalanishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.

Bo‘lajak tadbirda mikrogidrostansiya tashkil etish va tomchilab sug‘orish tizimlarini yaratish tajribasi, sportcha baliq ovi va akvaponika (baliq va o‘simliklarni birgalikda yetishtirish)ni O‘zbekistonda rivojlantirish istiqbollari, Orolbo‘yining ishdan chiqqan yerlarida indigoferalarni ko‘paytirish va uning biotexnologiyasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari haqida taqdimot va ma’ruzalar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Green Business Platform’ning navbatdagi uchrashuvida qatnashish uchun loyiha saytida ariza qoldirish yoki Facebook’dagi maxsus sahifada “Tadbirga boraman” tugmasini bosish kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi