Qozog‘iston janubidagi Jambul viloyatida 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda, Qozog‘iston ta’lim vazirligi ilf-fan qo‘mitasi seysmologik tajriba-metodik ekspeditsiyasi ma’lumotlariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Silkinishlar Ostona vaqti bilan soat 18:42 da qayd qilindi. Zilzila epitsentri Olmaotadan 424 kilometr janubi-g‘arbda, 20 kilometr chuqurlikda joylashgan edi.
Izoh (0)