Dubayda Shanxay aeroportida chiptasiz samolyotga mingan xitoylik o‘smir hibsga olindi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Syu familiyali 16 yoshli o‘smir Sichuan viloyatidagi Bachjun shahridan bo‘lib, u Shanxaydagi “Pudun” xalqaro aeroporti hududiga panjara oshib kirib olgan va Fly Emirates aviakompaniyasiga tegishli samolyotning yuk bo‘linmasiga yashiringan.
Qo‘lga olingach, o‘smir Dubayga tilanchilik qilish uchun kelganini aytgan.
CNN telekanalining eslatib o‘tishicha, oxirgi paytlarda Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Dubay ko‘chalarida tilanchilik qilib mo‘maygina pul topish mumkinligi haqida muhokamalar olib borilmoqda.
Izoh (0)