Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning tan olishicha, Suriyada AQSh va Rossiya harbiylari o‘rtasida hali-hanuz hamkorlik yo‘lga qo‘yilmadi. Bu haqda u “Vedomosti” muxbirining Rossiya va AQSh harbiylarining harakatlarni ikki tomonlama muvofiqlashtirish yuzasidan norasmiy kelishuvi bor-yo‘qligi haqidagi savoliga bergan javobida aytib o‘tdi.
“Biz ilgarigidek afsus bilan ta’kidlab o‘tishimiz mumkinki, hamkorlik haligacha yo‘lga qo‘yilmadi. Lekin bir narsani eslatib o‘tmoqchiman, bu haqda prezident Putin ham gapirib o‘tgan edi. Sutkasiga ikki marta axborot almashinuvi amalga oshiriladi. Bu holat bor”, — ta’kidladi Peskov.
“Yana bir narsani eslatib qo‘yay. Rossiya Iroqda hech qanday harakatlar olib bormayapti, faqat Suriyada”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)