31-maydan buyon Fransiyaning 26 departamentida tinmayotgan jala va u keltirib chiqargan toshqinlar tufayli qizg‘ish tahdid darajasi e’lon qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Parij hududida Sena daryosida suv sathi ordinardan 4,15 metr balandroqqa ko‘tarilib ketdi. O‘ng sohilda shaharning transport harakatida muhim rol o‘ynaydigan Pompidu qirg‘oqbo‘yi suv ostida qolib ketdi.
Tashqi ishlar vazirligi va Eyfel minorasi orasida joylashgan Orse qirg‘oqbo‘yining quyi qismida ham toshqin kelib chiqdi.
Shuningdek, Sena va Marna daryolarining barcha irmoqlarida suv ko‘paymoqda.
Faqatgina Luara departamentida barqaror vaziyat hukm surmoqda.
Yomg‘ir tufayli 30-may kuni tennis bo‘yicha Fransiya ochiq chempionatining (Roland Garros) barcha kunlik uchrashuvlari bekor qilingan edi.
Izoh (0)