Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilishning dolzarb muammolari: qon-tomir tizimining o‘tkir kasalliklari diagnostikasi, davolash va profilaktika masalalari” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston olimlari va shoshilinch tibbiy yordam sohasi shifokorlari bilan birga Italiya, Shveytsariya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiyadan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi. Unda sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari L. To‘ychiyev, shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori A. Hojiboyev va boshqalar ishtirok etdi.
Konferensiyada o‘tkir va jarohatli kasalliklarda tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, kechiktirib bo‘lmaydigan jarrohlik amaliyotlari, nevrologiya, kardiologiya, pediatriyada qon-tomir patologiyasini tashxis qo‘yish va davolash, sohaga yuqori texnologiyali davolash-diagnostika usullarini joriy etish kabi mavzularda fikr almashildi. Taniqli olimlar ishtirokida bosh miya tomirlari kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolashdagi innovatsiyalar, neyroxirurgiya yo‘nalishlarida mahorat saboqlari o‘tkazildi.
Izoh (0)