Isroil TIV qoshidagi xalqaro hamkorlik markazi (MAShAV) rahbari Gil Xaskel 25—26 may kunlari O‘zbekistonda bo‘ldi. Bu haqda Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tashrif doirasida Xaskelning O‘zbekiston TIV, akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. MAShAV rahbari, shuningdek, markazning turli dasturlari bitiruvchilari, xalqaro va mahalliy sheriklar bilan uchrashdi.
Ma’lumot uchun, MAShAV ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 1992-yildan beri O‘zbekistonda faoliyat olib boradi. O‘tgan yillar davomida deyarli barcha viloyatlarda o‘nlab turli kurslar o‘tkazildi, yuzlab mutaxassislar tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy xizmat, ta’lim va boshqa sohalar bo‘yicha Isroilda malaka oshirib qaytdi. Qolaversa, bir qator yirik uzoq muddatli loyihalar amalga oshirildi.
Izoh (0)