Rossiyaning Bratsk shahrida politsiya xodimi ikkinchi qavat derazasidan qulab tushayotgan besh yoshli o‘g‘il bolani tutib oldi. Bu haqda, Irkutsk viloyati IIV bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotiga qaraganda, hodisa 20-may kuni yuz bergan. Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi Boris Yumdasheyev navbatchilikdan keyin uyga qaytayotib, podyezd oldida to‘xtagan va ikkinchi qavatning ochiq derazasida o‘g‘il bola paydo bo‘lganligini payqagan. Bir soniya o‘tib, bola deraza tokchasidan sirpanib ketgan. Katta serjant yashin tezligida yugurib borib, bolani asfaltdan yarim metr masofada tutib olishga erishgan.
Bolaning ota-onasi o‘sha kuni ishda bo‘lib, ularning ikki bolasiga buvisi qarab turgan. Uning so‘zlariga qaraganda, bolalarning kattasini u bir necha daqiqaga ko‘zdan qochirgan. Politsiyachi qo‘lida bola bilan uy ostonasida turganda, buvisi ham, nabirasi ham nima sodir bo‘lganligini tushunib yetishga ham ulgurmagan edi.
Izoh (0)