Yaman poytaxti Sanodagi universitetda yasama portlovchi qurilmaning portlab ketishi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi. Bir necha kishi yaralandi. Bu haqda, Sky News Arabia telekanali ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Portlash adabiyot fakultetida xusiylar tomonidan tashkil etilgan bayram tadbiri davomida yuz bergan.
Hozirgi paytga qadar hech bir terrorchilik guruhi yuz bergan hodisa uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)