Yaqinda tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 23-may kuni “Alisher Navoiy va XXI asr” respublika miqyosidagi birinchi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri ma’lumot berdi.
Tadbirda yangi universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov, O‘zbekiston Qahramoni, navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva, bir qator yirik adabiyotshunoslar, yosh tadqiqotchilar, talabalar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Anjumanni Shuhrat Sirojiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shuningdek, sohaning yetakchi mutaxassislari Suyima G‘aniyeva, Nurboy Jabborov, Nasimxon Rahmonovlar chiqish qildi.
Shundan so‘ng anjuman ishi “Alisher Navoiyning ilmiy merosi va matnshunoslik masalalari”, “Alisher Navoiyning adabiy merosi va tarjimai holi bilan bog‘liq masalalar”, “Tilshunoslik, uslubiyat va adabiy ta’sir masalalari” sho‘balarida davom ettirildi.
Anjuman asnosida chiqish qilgan Nafas Shodmonov, Nodirbek Jo‘raqo‘ziyev singari olimlar Navoiy merosining ayrim jihatlariga oid yangicha ilmiy qarashlarni bayon etib berdi.
Izoh (0)