Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida 23-may kuni Yevropa kinosi festivali ochildi. Tadbir “O‘zbekkino” milliy agentligi va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi hamkorligida tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zA.
Yevropa kinosi festivalida Avstriya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Latviya, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Fransiya, Finlyandiya, Shveysariya va Chexiya kabi mamlakatlar kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan 17 filmning namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.
Madaniy anjuman Buyuk Britaniya kino ustalari ijodiga mansub “Makbet” filmi namoyishi bilan boshlandi. Unda, shuningdek, “Mushuklarning boshi aylanmaydi”, “Odaning kundaligi”, “Quchoqlashish maktabi”, “Siniq shisha ustidagi raqslar”, “El Greko”, “Opa”, “Mangulik va bir kun”, “Ella Mayyar — ikki karra sayohat”, “Gippokrat”, “Masxarabozlar”, “Niko va yulduzlarga yo‘l”, “Zi xonim” kabi qator filmlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.
Izoh (0)