Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron rafiqasi Samantaga 1495 funt sterlingga (2100 dollar) minilgan Nissan Micra mashinasini olib berdi. Bu haqda, The Telegraph nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, havo rang Micra Oksfordshirda minilgan avtomobillar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan avtodilerdan xarid qilingan.
Kompaniya rahbari Layen Xerrisning hikoya qilishicha, xodimlari unga qo‘ng‘iroq qilib, bosh vazir avtoservisga kelayotganini aytganida, u buni hazil deb o‘ylagan.
“Uning kelganiga ishona olmasdim. U bir yarim soat davomida mashinalarni ko‘zdan kechirdi. So‘ng Buyuk Britaniyada yasalgan biror nima xohlashini aytdi”, — so‘zida davom etdi Xerris.
Mashina tanlangach, Kemeron to‘lovni plastik karta orqali amalga oshirgan.
Izoh (0)