Ispaniya Kubogi finalida “Sevilya”ni mag‘lub etgan “Barselona” ketma-ket ikkinchi bor bosh sovringa ega chiqdi. Qayd etish kerak, Luis Enrike jamoasi La Liga oltin medallarini ham o‘ziniki qilib olgandi va bu ketma-ket ikkinchi oltin dubl bo‘ldi.
Finalning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. 36-daqiqadan boshlab “Barselona” futbolchilari maydonda bir kishi kamroq harakat qildi. Xavyer Maskerano maydondan chetlatilgandi. Asosiy vaqt yakuniga 3 daqiqa qolganida esa “Sevilya” a’zosi Ever Banega ham maydonni jamoadoshlaridan ertaroq tark etdi.Over taymning 7-daqiqasida Xordi Alba hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 120-daqiqaga kelib bosh hakam “Sevilya”ning yana bir a’zosini maydondan chetlatdi. Bir daqiqa o‘tib Neymar hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Bu gollar “Barselona”ga Ispaniya Kubogi g‘olibligini taqdim etdi.
Ma’lamot uchun, “Barselona” Ispaniya Kubogini eng ko‘p — 28 marta qo‘lga kiritgan. Bu ko‘rsatkich Bilbaoning “Atletik” klubida 23 tani, Madridning “Real”ida 19, “Atletiko”sida esa 10 tani tashkil qiladi.
Ispaniya Kubogi FINAL 22-may, yakshanba
Izoh (0)