Ukraina sobiq siyosatchi Mixail Gorbachyovning Yevropaga kirishini taqiqlash yo‘lida harakatni boshlaydi. Gorbachyovning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qrimni qo‘shib olish qarori to‘g‘ri ekanligi haqidagi bayonotiga rasmiy Kiyev shunday javob bermoqchi, deb ta’kidlaydi “RBK”.
Gorbachyov The Sunday Times nashriga bergan intervyusida Qrim va Sevastopolning Rossiyaga qo‘shib olinishini to‘g‘ri qaror deb bilishini aytdi. “Men har doim insonlarning erkini yoqlayman, Qrimda esa ko‘pchilik Rossiyaga qo‘shilishni istadi”, — dedi u.
“Bunday hollarda mamlakatning hududiy yaxlitligini shubha ostiga olgan odamning kirishini taqiqlash qarori qabul qilinadi. Ammo u oxirgi marta qachon kelganini eslolmayman, uning bu yerda qiladigan ishi yo‘q. Shu bois biz diplomatik yo‘llar bilan Yevropa davlatlariga murojaat qilib, uning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi dushmanlikni alangalayotgan jamg‘armasini moliyalashtirmaslikni va uni qabul qilmasliklarini so‘raymiz”, — dedi Oliy Rada deputati Anton Gerashchenko.
Izoh (0)