Qohirada EgyptAir kompaniyasining O‘rta Yer dengizida halokatga uchragan A320 samolyoti qurbonlaridan birining dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda, Sky News ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Styuardessa Yara Xani Tavfiqning dafn marosimida uning yuzlab do‘stlari va qarindoshlari yig‘ilganligi ma’lum qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, MS804 reysi bilan Parijdan Qohiraga uchayotgan EgyptAir aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti 19-may tongida O‘rta Yer dengizi ustida radarlardan g‘oyib bo‘lgan edi. Uning bortida 66 kishi bo‘lgan. Keyinroq dengizdan samolyot bo‘laklari topildi.
Izoh (0)