11 kilometr balandlikdan O‘rta Yer dengiziga tushib ketgan EgyptAir kompaniyasi samolyoti tizimlari u radarlardan g‘oyib bo‘lishidan oldin bort tutun bilan qoplanganini qayd qilgan edi. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Nashrning tergovga yaqin manbalari bergan ma’lumotga qaraganda, avtomatik signallar samolyotning bort kompyuteri joylashgan old qismida kuchli tutash sodir bo‘layotganidan darak bera boshlagan. Qulashdan bir necha daqiqa oldinroq esa parvozlarni boshqarish tizimi ishdan chiqqan.
Shuningdek, uchuvchilar kabinasi o‘ng qismida kuchli zararlanish qayd etildi.
Tergovchilarning fikricha, bu axborot hozircha aniq xulosalar qilish uchun kamlik qiladi.
EgyptAir aviakompaniyasining Parijdan Qohiraga uchayotgan A320 samolyoti 19-may, payshanba kuni O‘rtayer dengizi ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda radarlardan yo‘qolib qolgan edi.
Samolyot bortida 66 kishi — 56 nafar yo‘lovchi, ekipajning yetti nafar a’zosi va xavfsizlik xizmatining uch xodimi bor edi.
Izoh (0)