Rossiya Hyperloop’ga o‘xshash vakuumli poyezdlar texnologiyalarini tadqiq etish borasida qadamlar tashlamoqda, negaki kelajak ushbu texnologiyalarga bog‘liqligiga ishonmoqda. Bu haqda, mamlakat transport vaziri Maksim Sokolovning bayonotiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Sokolov Sankt-Peterburg aloqa yo‘llari universiteti shunga o‘xshash loyihani olib borayotgani haqida axborot berdi. Uning ishontirishicha, ikki yil muqaddam universitet xodimlari shaxsan vazirga ishlanma namunasini ko‘rsatgan.
Meduza’ning taxmin qilishicha, Sokolov bir muddat ilgari “Mir-24” telekanalida ko‘rsatilgan poyezd loyihasidan so‘z yuritmoqda. Telelavhada aytilishicha, poyezd modeli magnit yostiqchasida yuradi — bu texnologiya dunyoda yaxshi ma’lum bo‘lib, qimmatligi uchun amalda ishlatilmaydi. Hyperloop ushbu texnologiyadan foydalanmaydi.
Izoh (0)