24-may kuni Moskva shahri metropolitenida “Shekspir ehtiroslari” nomli poyezd harakatini boshlaydi. Bu haqda, Britaniya Kengashi xabariga asoslanib, TJournal yozmoqda.
Vagonlarda “selfi-poyntlar” — selfi tushish o‘rinlari hamda Shekspir bo‘yicha o‘yin ko‘chirib olish yoxud tanlovda qatnashish imkonini beradigan maxsus internet-platforma bo‘ladi. Tanlov g‘oliblari Byuuk Britaniyaga safarni yutib olishi mumkin bo‘ladi.
Tashqi tomondan poyezd oddiy insonlarning fotosuratlari bilan qoplanadi, ularning atrofiga esa muhabbat, nafrat, hokimiyat va o‘lim mavzusidagi emodzilar yopishtirib chiqiladi. Ushbu emodzilar vagonlar ichida Shekspirdan olingan mashhur iqtiboslarga illyustratsiya vazifasini o‘taydi.
Poyezd Moskva metropolitenining Filyovskiy yo‘lida yarim yil davomida qatnaydi. Aksiya tashkilotchilari — shahar metropoliteni va Britaniya Kengashi. Tadbir Uilyam Shekspirning vafotining 400 yilligi hamda Buyuk Britaniya va Rossiyadagi Til va adabiyot yiliga bag‘ishlanadi.
Izoh (0)