Hollivud aktyori Leonardo Di Kaprio o‘z uyida bir hafta dam olishni 300 ming yevroga sotdi. Bu summa evaziga lot xaridori uning Palm-Springsdagi koshonasida bir hafta yashashi mumkin bo‘ladi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Kim oshdi savdosi Fransiyadagi Lojuvard Qirg‘oqda bo‘lib o‘tdi. U AQSh OITSni tadqiq etish jamg‘armasi (amFAR) tomonidan tashkil etildi.
Di Kaprio savdo g‘olibi yashash paytida o‘z uyida bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu davr ichida u yerda 12 mehmon turadi.
Ikkinchi hafta 100 ming yevroga sotildi.
Izoh (0)