Xalqaro olimpiya qo‘mitasi yangi tekshiruvlardan so‘ng 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida ishtirok etgan 31 sportchi taqiqlangan modda qabul qilganini aniqladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.
Sportchilarning ism-shariflari hozircha oshkor qilinmayapti, ammo ularning bariga Rio-de-Janeyrodagi o‘yinlarda ishtirok etish man etilishi mumkinligi aytilmoqda.
Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) Pekindagi musobaqalar chog‘ida olingan 454 doping-probani eng zamonaviy metodlar asosida tahlildan o‘tkazdi. Birinchi navbatda faoliyatini davom ettirayotgan 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga da’vogarlik qilayotgan sportchilar sinchiklab tekshirildi.
Doping qabul qilgani aniqlangan sportchilar orasida 2008- va 2012-yilgi o‘yinlarning sovrindorlari bo‘lsa, ular medallaridan judo bo‘ladi. Medallarni olishi lozim bo‘lgan atletlar ham jiddiy tarzda tekshiriladi.
Izoh (0)