“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i HackerOne platformasida nuqsonlarni topish dasturi doirasida dasturchilarga 70,8 ming dollar pul to‘ladi. Bu haqda, kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoq 2015-yil mayidan beri kompaniya servislarida va mobil dasturlarida nuqson topganlarga mukofot to‘lash dasturida ishtirok etmoqda. Bu vaqt ichida dasturda 178 nafar xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis ishtirok etdi, ularga jami 167 marta mukofot puli to‘landi.
Minimal mukofot hajmi 100 dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)