Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov 50 metrli Galactica yaxtasini sotib yubordi. Bu haqda, Forbes nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Yaxtaning yangi egasi unga Red Sapphire nomini qo‘ydi.
2015-yil martida yaxtaga 21 million yevro narx qo‘yilgandi, ammo Alekperov uni 19,5 million yevroga sotishga muvaffaq bo‘ldi.
Alekperovning yangi yaxtasi — 70 metrli Galactica Super Nova. U olti kayutaga ega, dizaynini esa Espen Oeino International me’morchilik byurosi ishlab chiqdi. Yangi yaxtaning o‘ziga xos tomoni — barcha palubalarni birlashtiruvchi shishali lift hamda billur zinapoyadir. Bundan tashqari, yaxtada vertolyotlar qo‘nish maydonchasi, sharshara, jakuzi, 13300 litr hajmli, tubi quyosh nurini o‘tkazadigan hovuz bor.
Izoh (0)