KXDR Janubiy Koreyaning birlashishga yo‘naltirilgan har qanday takliflarini eshitishga tayyor. Bu haqda bugun, 16-may kuni mamlakat rahbari Kim Chen Inning Koreya mehnat partiyasi syezdidagi yarim orolni birlashtirish bo‘yicha so‘zlari munosabati bilan chop etilgan Shimoliy Koreya hukumati, siyosiy partiyalari va jamoatchilik tashkilotlarining qo‘shma bayonotida aytildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Agar Janubiy Koreya mustaqil milliy birlashishga yordam beradigan taklif bilan chiqsa, KXDR uni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi bayonotda.
Shu bilan birga, hujjatda ta’kidlanishicha, rasmiy Seul ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash uchun harakat qilishi va bu yo‘lda to‘g‘ri qadamlar tashlashi lozim.
Bayonotda, shuningdek, Janubiy Koreyaning yadroviy qurol muammosiga munosabati tanqid ostiga olindi.
Izoh (0)