Indoneziyaning g‘arbiy qismida ko‘chki va toshqinlar oqibatida olti talaba halok bo‘ldi, yana 15 nafari bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea 15-may, yakshanba kuni Shimoliy Sumatra provinsiyasidagi Air Terjun Dua Warna sharsharasi yaqinida sodir bo‘ldi. Sharsharaga 70 nafar talabadan iborat guruh tashrif buyurgan edi. Voqea joyida toshqin va ko‘chki sodir bo‘lib, talabalarning 21 nafari bedarak yo‘qoldi. Ertasi kuni qutqaruvchilar olti kishining jasadini topdi.
Qolganlarni qidirishga 150 nafar qutqaruvchi, harbiy, politsiyachi va ko‘ngilli yuborildi.
Izoh (0)