Xalqaro aksildoping agentligi (WADA) bergan bayonotga ko‘ra, 2016-yilning 1-martiga qadar topshirilgan doping-testlarda meldoniy miqdori bir mikrogrammdan oshmasligi lozim, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Bayonotda bildirilishicha, ushbu preparatning qo‘llanilishi bilan bog‘liq voqealar taftishi modda hajmi qonda 15 mikrogrammdan oshganida yoki doping-test 1-martdan keyin topshirilgan taqdirda davom ettiriladi.
“Doping-probada meldoniy miqdori 1 mikrogrammdan kam yoki test 1-martgacha topshirilgan bo‘lgan hollar 2016-yilning 1-yanvaridagi voqealar bilan tenglashtiriladi. Shu tariqa, atlet preparatni taqiqdan so‘ng qasddan qabul qilmagan, degan taxmin ilgari suriladi”, — deyiladi bayonotda.
Yil boshidan buyon 40 nafar rossiyalik sportchi meldoniy qabul qilgani fosh etildi. Bular orasida atoqli tennischi Mariya Sharapova bor.
Bir muddat oldin rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinning qonida 70 nanogramm meldoniy borligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)