Singapur hududida Zika virusiga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. Bu haqda, Channel News Asia kanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, nomi keltirilmagan bemor xastalikka Braziliyada chalingan. 48 yoshli erkak 27-martdan 7-mayga qadar San-Pauluda bo‘lib, u yerda virusni yuqtirib olgan. 10-may kuni u shifoxonaga yotqizilgan, 12-may esa karantinga kiritilgan.
Ayni paytda bemorning qarindoshlari ham tekshiruvlardan o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)