2012-yilda lotereyada 1 million dollar yutib olgan amerikalik quruvchi Bryus Magistro Nyu-York shtatida 20 dollarga o‘nta lotereya chiptasini sotib olib, yana yuqoridagi kabi jekpotni yutib oldi. Bu haqda, Sky News ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
“Bunday bo‘lishi mumkin emas, men ikkinchi marta yutganligimga ishona olmayapman”, — dedi Magistro.
Har ikkala yutuqli lotereyani amerikalik aynan bitta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan sotib olgan. To‘rt yil avvalgi yutuq summasining katta qismini u o‘pka saratoni bilan xastalangan xotinini davolatish uchun sarflagan. 2014-yilda Ivonna kasallik bilan uch yil kurashgandan keyin vafot etgan.
Yangi yutuqni 48 yoshli Magistro uch nafar farzandi va qaylig‘i bilan bo‘lishish niyatida.
Izoh (0)