12-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniyaning mashhur jamoatchilik va siyosat arbobi Lotar de Mezyerni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati axborot berdi.
Lotar de Mezyer O‘zbekistonga “Birlashgan Germaniyada transformatsion jarayonlarning va O‘zbekiston yangi tarixi boshlang‘ich bosqichining 25 yilligi” mavzusidagi ekspertlar uchrashuvida ishtirok etish uchun keldi. Tadbir Toshkent shahrida K. Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan tashkillashtirildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari hamda K. Adenauer nomidagi jamg‘armaning ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishdagi ishtiroki muhokama qilindi.
Uchrashuvda K. Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatli vakili Tomas Kutse ishtirok etdi.
Izoh (0)