Elektromobil va hech qanday yoqilg‘i sarflamasdan quyosh nurida harakatlanadigan avtomobil prototipini yaratgan Andijon mashinasozlik institutida laborant bo‘lib ishlaydigan Oybek Umarov ayni paytda Toshkentda o‘tkazilayotgan IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida Andijon mashinasozlik instituti nomidan o‘z loyihasi bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar berdi.
O‘zA yozishicha, joriy yilgi yarmarkada taqdim etilgan qariyb 650 ta yangi loyihaning 70 dan ortig‘i yosh olimlar va talabalarga tegishlidir. Bu Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida namoyish etilayotgan yangiliklarning 130 tasi sanoat, 116 tasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarni hal etishga qaratilgan. 130 dan ziyod ishlanma va ilg‘or texnologiyalar sog‘liqni saqlash va farmatsevtika uchun mo‘ljallangan, 89 tasi axborot texnologiyalari, yana 34 tasi ilm-fan va ta’lim sohasidagi yangi dasturiy mahsulotlardir.
Izoh (0)