Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 8-turning yana 4 ta o‘yiniga yakun yasaldi. Turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan Toshkentning “Lokomotiv” hamda Qarshining “Nasaf” klublari unda navbatdagi g‘alabalarga ega chiqdi.

Foto: “Lokomotiv” FK matbuot xizmati

Foto: “Lokomotiv” FK matbuot xizmati
“Lokomotiv” Toshkent derbisida “Obod” darvozasini javobsiz ikki bor ishg‘ol qildi. Server Jeparov har ikki golga assistentlik qilgan o‘yindan keyin “Lokomotiv” hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov mavsumdagi gollari sonini 7 taga yetkazib oldi.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” a’zosi Igor Sergeyev hamda “Metallurg” vakili Zohid Abdullayev hisobida ham 7 tadan gol bor.

“Obod” klubi dastlabki sakkiz turning birortasida ham zafar qucha olmay, Oliy Liganing so‘nggi jamoasi bo‘lib turibdi.

Qarshining “Nasaf” klubi turning markaziy o‘yinlaridan birida “Qizilqum”ni mag‘lub etdi. Shu tariqa ochkolari sonini 22 taga yetkazib olgan “Nasaf” Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan ligada qo‘shhokimlik qilmoqda.

19 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan “Bunyodkor” 8-turdagi o‘yinini 9-may kuni “Qo‘qon—1912” maydonida o‘tkazadi. Ehtimoliy g‘alaba “Bunyodkor”ning ochkolarini ikki yetakchiniki bilan tenglashtiradi.

Qayd etish kerak, 8-turdan keyin “Metallurg” kuchli to‘rtlikni yakunlab turibdi. O‘zbekistonning so‘nggi ikki yillikdagi chempioni “Paxtakor” 5-o‘rindan joy olgan. O‘yinlariga eng ko‘p muxlis tashrif buyurayotgan “Buxoro” esa 6-pog‘onada.

O‘zbekiston Oliy Ligasi 8-tur bellashuvlari 8-may, yakshanba

“Andijon” — “Mash’al” 1:0

Gol: Anvar Berdiyev, 75 (1:0).

“Obod” — “Lokomotiv” 0:2

Gollar: Sanjar Shoahmedov, 43 (0:1). Temurxo‘ja Abduxoliqov, 51 (0:2).

“Olmaliq” — “Neftchi” 3:0

Gollar: Ro‘zimboy Ahmedov, 21 (1:0). Yaroslav Martinyuk, 46 (2:0). Doniyor Ismoilov, 66 (3:0).

“Nasaf” — “Qizilqum” 2:0

Gollar: Islom Rashidxonov, 3 (1:0). Maqsud Karimov, 21 (2:0).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi