Panama bayrog‘i ostidagi savdo kemasi Gavayi orollari yaqinida kolumbiyalik dengizchini qutqardi. U ochiq dengizda boshqaruvni yo‘qotgan katerda ikki oyni o‘tkazgan. Bu haqda, NBC telekompaniyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
29 yoshli dengizchi Nikkei Verde kemasi tomonidan odatiy savdo yo‘llaridan uzoqda, Kolumbiya sohillaridan 5,6 ming kilometr masofada Tinch okeanidan tasodifan topilgan.
Qutqarilgan dengizchi 4-may, chorshanba kuni Gavayi shtati markazi Gonoluluga yetkazilgan.
Kolumbiyalik dengizga ikki oy avval to‘rt kishidan iborat guruh bilan chiqqan. Yetti metrli kema boshqaruvni yo‘qotgandan keyin ular baliq va baliqchi qushlar bilan oziqlangan. Guruhdan faqat bir kishi tirik qolishga erishgan.
Izoh (0)