Madridning “Real” futbol klubi Chempionlar Ligasining 2015-16-yilgi mavsumida 12 ta o‘yin o‘tkazdi va shularning 10 tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi, deb xabar berdi “Chempionat”.
Xuddi shunday natijani 2005/06-yilgi mavsumda Londonning “Arsenal” klubi ham qayd etgandi. Zinedin Zidan boshchilik qilayotgan “Real” 28-may kuni bo‘lib o‘tadigan “Atletiko”ga qarshi final o‘yinida ham gol o‘tkazmasa, quruq o‘yinlari seriyasini 11 taga yetkazib oladi hamda mutlaq rekordchiga aylanadi.Ma’lumot uchun, 2005-06-yilgi mavsumdagi 10 ta uchrashuvda gol o‘tkazmagan “Arsenal” final bellashuvida “Barselona”ga imkoniyatni boy bergandi.