O‘zbekistonlik Humoyun Sultonov Italiyaning Santa Margarita Di Pula shahrida o‘tkazilayotgan ITF turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 10 ming dollarga teng tennis turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Dunyo reytingida 928-o‘rinni egallab turgan o‘zbekistonlik 17 yoshli tennischi turnirdagi ishtirokini saralashdan boshlagandi.
Asosiy to‘rning ilk davrasida Sultonov germaniyalik Benjamin Lochchisanoga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setni 1:6 hisobida boy bergan germaniyalik tennischisi ikkinchi setning to‘rtinchi geymidan so‘ng bahsni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Bu paytga kelib Sultonov 4:0 hisobida oldinda borayotgan edi.
Turnirning ikkinchi davrasida O‘zbekiston vakili norvegiyalik Ruud Kasperga ro‘rabo keladi. Kasper ATP reytingida 655-pog‘onadan joy olgan.
Izoh (0)