Oq Uy prezident Barak Obamaning pensiya yillari qanday o‘tishi haqida hazilomuz videorolik tayyorlab, internetda chop etdi. Unda o‘ziga qiziq kasb topishga urinayotgan, ammo hech bir sohada omadga erisha olmayotgan Obama ko‘rsatildi, deb xabar beradi “Gazeta.kg”.
Syujetga ko‘ra, Jo Baydenning maslahati bilan Obama basketbol jamoasiga murabbiylik xizmatini taklif qiladi, buni qizining jamoasiga murabbiylik qilish tajribasi borligi bilan tushuntiradi.
Shuningdek, Obama haydovchilik guvohnomasi olishda qiyinchiliklarga duch keladi. U ikkinchi ismi — Hussayn va Gavayidan olingan tug‘ilganlik guvohnomasi tufayli masxara qilinadi. Davlat xizmatchilaridan biri Obamaga tug‘ilganlik haqida boshqa guvohnoma olishni tavsiya etadi.
Nihoyat, u shunchaki o‘zligiga qaytishga qaror qiladi. Televideniye yangiliklarining navbatdagi sonida u “Bo‘lishi mumkin emas! Obama bir yilda 347 marta golf o‘ynadi!” sarlavhasi ostida chiqadi.
Video Facebook’da 100 ming martadan ortiq ko‘rildi.
Izoh (0)