Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSh g‘aznachiligi 2020-yilda banknotlar dizaynini o‘zgartiradi. Bu yil ayollarga teng saylov huquqini kafolatlagan mamlakat konstitutsiyasiga 19-qo‘shimcha kuchga kirganiga 100 yil to‘ladi, shu bois kupyuralarda ayollarga keng o‘rin berilgan. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

O‘n dollarlik banknotlarning ortida “Tuyg‘ular deklaratsiyasi” muallifi Elizabet Stento, sobiq qul Sojorner Trut, faollardan Lukretsiya Mott va Syuzen Entoni, shuningdek, prezident Vudro Vilsonni ayollarga saylov huquqini berish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur etgan tashviqot tashabbuskori Elis Pol siymolari paydo bo‘ladi. 20 dollarli banknotning yuz tomonidan esa Fuqarolar urushigacha va urush davomida mingdan ortiq qullar ozod etilishiga erishgan afroamerikalik Garriyet Tabmen surati joylashtiriladi.

Besh dollarli banknot qora tanli xonanda ayol Marian Andersonning 1939-yili Linkoln memorialida bo‘lib o‘tgan konsertiga bag‘ishlandi. Uni tashkil etgan prezident Franklin Ruzveltning rafiqasi Eleonoraning tasviri ham yangilangan kupyuradan o‘rin oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda qator yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi yangicha kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Mahalliy
Andijonda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Mahalliy
Buxoroda 29 yoshli o‘g‘il onasini pichoqlab o‘ldirdi