Fransiyaning Airbus Group konserni Eurocopter EC225 L modelidagi transport vertolyotlarining barcha tijorat parvozlarini to‘xtatib turish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Shu modeldagi vertolyotlardan biri kuni kecha, 29-aprel kuni Norvegiyaning g‘arbiy sohillarida halokatga uchrashi oqibatida uning bortidagi 13 kishi qurbon bo‘ldi.
“Fojiali hodisa tufayli halokatning barcha vaziyatlari aniqlangunga qadar Eurocopter EC225 L modelidagi vertolyotlarning tijorat parvozlarini to‘xtatib turish haqida qaror qabul qildik”, — deyiladi konsern xabarida.
Kompaniya, shuningdek, Norvegiyaga ikki texnik ekspertni yuborganligini ma’lum qildi. Ular mahalliy hukumatga hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazishga yordam beradi.
Izoh (0)