Moskvaning Domodedo aeroportidagi terakt bilan bog‘liq ish javobgarlari Vyacheslav Nekrasov va Andrey Danilovlar tergov izolyatoridan uy qamog‘iga o‘tkazildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bunday qarorni Moskvaning Basmanniy sudi tergovning iltimosiga ko‘ra qabul qildi.
Yangi chora amalga kirishi bilan aeroportning sobiq direktori Nekrasov va Domodedovo Airport Aviation Security yopiq hissadorlik jamiyatining sobiq boshqaruv direktori Danilov o‘z uylariga yuborildi. Sudya ularga pochta, telefon va internetdan foydalanishni taqiqladi.
Domodedovodagi terakt 2011-yilda sodir etilgan edi. Qo‘poruvchilik harakati oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi. Aeroportning sobiq rahbarlari xavfsizlik masalalariga mas’uliyat bilan yondashmaganlikda va xudkush terrorchining aeroportga kirib kelishiga yo‘l qo‘yib berganlikda ayblanmoqda.
Izoh (0)