Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2016-yilning 21-aprel kuni Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Allan Amerika savdo palatasining (AmCham) har oyda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida chiqish qildi va Buyuk Britaniya haqida so‘zlab berdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati

Foto: Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati

Uchrashuv International Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi va Amerika savdo palatasining 40 dan ortiq a’zosini birlashtirdi.

Elchi o‘z chiqishi davomida Buyuk Britaniya iqtisodiyoti haqidagi asosiy ma’lumotlar, u boshdan kechirgan o‘zgarishlar va turli sohalar bo‘yicha hozirgi tizimi haqida so‘zlab berdi. U, shuningdek, O‘zbekiston bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan Britaniya kompaniyalari hamda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya xususiy sektori uchun mavjud imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Kristofer Allan o‘z nutqida eslatib o‘tgan ikki imkoniyat Eksport kreditlarini kafolatlash departamenti (UK Export Finance) va 2016-yilda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro biznes festivali (IFB 2016) bilan bog‘liqdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi