Damashqning 22-aprel, juma kuni harbiy samolyot qulagan hududida Rossiya aviatsiyasi parvozlarni amalga oshirmagan. Bu haqda Rossiya aviaguruhi joylashgan Xmeymim bazasi vakili “RIA Novosti” agentligiga ma’lumot berdi.
“Rossiya harbiy samolyotlari Damashq va uning atrofida bugun uchmadi. Rossiya aviaguruhining barcha samolyotlari Xmeymim aviabazasida turibdi”, — uning so‘zlarini keltiradi “RBK”.
Ilgariroq Damashq aeroportidan janubi-g‘arbda harbiy samolyot qulagani xabar qilingan edi. Halokat sabablari hozircha aniqlashtirilmadi. Havo kemasi IShID tomonidan nazorat qilinayotgan hudud ustidan uchib o‘tayotgan paytda qulagani aytilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)