Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Foydalanuvchi surati ustiga turli effektlar qo‘yadigan ommaviy MSQRD mobil dasturining belaruslik mualliflari Facebook bosimi ostida ayrim tasvirlarni chiqarib tashlashga majbur bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Yaqindan beri MSQRD dasturida Barak Obama, Leonardo Di Kaprio va hindular qiyofasi yo‘qoldi, Snup Dog niqobi esa reperga xos yuz rangidan mahrum bo‘ldi. Ularning o‘rniga ba’zi yangi filtrlar, jumladan, Facebook belgisi tushirilgan kepka paydo bo‘ldi, Stalinning niqobi esa qoldi.

MSQRD asoschilaridan biri va bosh direktori Yevgeniy Nevgenning aytishicha, mazkur niqoblarni olib tashlash haqida qaror qabul qilinishiga Facebook bilan birlashuv sabab bo‘ldi.

Facebook MSQRD dasturini sotib olgani haqida o‘tgan oyda ma’lum qilingandi. Kelishuv summasi oshkor etilmagan, biroq startap asoschilari ijtimoiy tarmoqning Londondagi ofisiga ishga o‘tishi bildirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi videosini tarqatmaslik uchun 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Shou-biznes
“Kimdir meni yo‘q qilmoqchi, ammo buni uddalay olmayapti”. Muyassar Razzoqova 6 yildan beri “zapret”da ekanligi hamda O‘zbekistondan ketish istagi haqida
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)