Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Google foydalanuvchi so‘roviga ko‘ra sahifalar ro‘yxatini taqdim etganidan so‘ng uning bunga munosabatini payqashi mumkin bo‘lgan algoritm uchun patent oldi. Mazkur texnologiya qidiruv tizimi faoliyatini yaxshilashga xizmat qilishi bildirilmoqda, deya xabar beradi “Hi-Tech Mail.ru”.

Foto: “Privet-android.ru”

Foto: “Privet-android.ru”

Google foydalanuvchining yuzidagi hissiyotni aniqlash uchun noutbuk, smartfon yoki planshetning old kamerasidan foydalanmoqchi. Bundan tashqari, muhandislar mobil qurilmalardagi datchiklardan ham ma’lumot olib turishi kutilmoqda.

Kuzatib boriladigan ko‘rsatkichlar qatorida tana harorati, yurak urishi o‘zgarishi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Algoritm ko‘z uchishi va pirpirashi, qorachiq kengayishiga qarab foydalanuvchi qidiruv tizimi bergan manbalardan qoniqish hosil qilganligi yoki yo‘qligini ham tahlil qiladi.

Kelgusida foydalanuvchi ijobiy munosabat bildirgan sahifalar qidiruvda yuqorilab boradi. Foydalanuvchi tomonidan so‘rovga arzigulik emas deb topilgan saytlar Google’dagi mavqeyini yo‘qotadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik