“Barselona” jamoasi so‘nggi o‘yinlarda salbiy natija qayd etayotganiga qaramay, klub rahbariyati bosh murabbiy Luis Enrike bilan xayrlashish niyatida emas, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Luis Enrike klub sport direktori Robert Fernandes bilan kelasi mavsum uchun tarkib borasida ish olib bormoqda”, – dedi “Barselona” rahbariyatidagi vakillardan biri.
Luis Enrike shogirdlari Ispaniya chempionatining ketma-ket uch o‘yinida (“Real” – 1:2, “Real Sosyedad” – 0:1, “Valensiya” – 1:2) mag‘lubiyatga uchradi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (2:1, 0:2) imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.
Izoh (0)