“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich uning qarindoshi, 40 yoshli ayol Syuzanna Modrich Salvadorda o‘ldirib ketilgani haqidagi xabarga aniqlik kiritgan holda, vafot etgan ayol uning qarindoshi emasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi 101 Great Goals.
Ispaniyaning Sport nashri go‘yoki Modrichning qarindoshi bo‘lgan, ikki farzandning onasi, 40 yoshli Syuzanna Modrich Salvadorda og‘irlab ketilib, o‘ldirilgani va uning jasadi mashinaning yuk xonasidan topilgani haqida xabar tarqatgan edi.
“Tarqalgan xabarlarga nisbatan, Salvadorda vafot etgan insonning men bilan hech qanday qarindoshlik aloqasi yo‘q ekaniga oydinlik kiritishni istayman”, – deb yozadi Modrich o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)