Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Karim Benzema Fransiya termasi safida Yevro–2016 turnirida ishtirok etmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
“Men va meni qo‘llab-quvvatlagan insonlarning baxtiga qarshi, Fransiya termasi safida Yevro–2016 turnirida ishtirok etmayman”, – deb yozdi hujumchi o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya futbol federatsiyasi Matye Valbuenani shantaj qilish ishi yuzasidan 2015-yilning dekabrida Benzemani terma jamoadan vaqtincha chetlashtirgandi.
Shuningdek, mart oyida Fransiya apellyatsion sudi hujumchidan Valbuenaga nisbatan tovlamachilik ishi bo‘yicha nazoratni qisman olib tashlagandi. Shunga qaramay, 28 yoshli hujumchi Fransiyaning Gollandiya va Rossiya termalariga qarshi mart oyida bo‘lib o‘tgan o‘yinlariga chaqirilmagan edi.
Izoh (0)