Pokiston shimoli-sharqidagi Panjob viloyatida avtobus va yuk mashinasining to‘qnashib ketishi natijasida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jabrlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Hodisa 13-aprel, chorshanba kuni tongda Faysalobod shahrida yuz bergan. Sodiqobod shahriga yo‘l olgan avtobusda avariya yuz bergan paytda 50 dan ortiq odam bo‘lgan.
Politsiyaning ma’lumotlariga qaraganda, avtobus haydovchisining tezlikni juda oshirib yuborganligi yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)