Rossiyaning Stavropol o‘lkasida Ichki ishlar bo‘limi binosida uch nafar xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” kuch tuzilmalaridagi manbasiga tayanib ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, uch nafar terrorchi xudkush Stavropol o‘lkasining Novoselitskiy tumanidagi IIB binosi yaqinida o‘zini portlatib yuborgan.
Jami beshta portlash yuz bergan. Terrorchilar halok bo‘lgan.
Hozirgi paytda jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)